20:47 / 01.02.2017
6 668

Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi ilk parvoz qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi

Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi ilk parvoz qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi

“Dushanbe xalqaro aeroporti” OAJ Tojikiston va O‘zbekiston xukumatlari rahbarlari bilan kelishilgan holda joriy yilning 10 fevralidan Dushanbe – Toshkent yo‘nalishlarida parvoz qilish qayta yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Bu haqda “Dushanbe xalqaro aeroporti” OAJ saytiga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Bundan buyon “Somon-Air” aviakompaniyasi bir haftada 1 marta, juma kunlari Dushanbe – Toshkent, Toshkent – Dushanbe yo‘nalishlari bo‘yicha parvozni amalga oshiradi.

Ayni yo‘nalishda parvoz etishni istaganlar chiptalarni Dushanbe xalqaro aeroportidan xarid qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi ilk parvoz qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi