08:55 / 02.02.2017
6 446

Savchenko Poroshenkoni "xalq dushmani" deb atadi

Savchenko Poroshenkoni "xalq dushmani" deb atadi

Ukraina oliy radasi deputati Nadejda Savchenko "Novoe vremya" nashriga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni xalq dushmani deb atadi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

"Mening dushmanim xalqimga dushman bo‘lgan, har bir inson turmushini yomon qiladigan odamdir. Oddiy odamlar kun sayin yomon yashayotganimizni aytmoqdalar. Ha, fikrimcha, u xalq dushmani", deb javob bergan Savchenko tegishli savolga.

Savchenko Poroshenkoga qarshi imkoni bor qonuniy usullar bilan kurashishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq Savchenko Ukraina hukumatini mamlakatning "ikkinchi raqamli dushmani" deb atagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Savchenko Poroshenkoni "xalq dushmani" deb atadi