09:06 / 02.02.2017
6 541

Moskvadagi maydonga Fidel Kastro nomi beriladi

Moskvadagi maydonga Fidel Kastro nomi beriladi

Moskva hukumati shahar shimoli-g‘arbidagi maydonga Fidel Kastro nomini berishga qaror qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Idoralararo komissiya majlisida Kuba inqilobi etakchisining nomi bilan Sokol tumanidagi Ikkinchi Peschanaya va Novopeschanaya ko‘chalari kesishmasidagi maydonni atash haqida qaror qabul qilindi.

Muqobil versiya sifatida avvalroq Shimoliy Medvedkovdagi ikkita loyihalashtirilayotgan tor ko‘chani Kastro ismi bilan nomlash taklif qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kuba sobiq rahbari Fidel Kastro 2016 yil 26 noyabrda 90 yoshida vafot etdi va 4 dekabr kuni Santyago-de-Kuba shahrida dafn etildi. U mamlakat qahramoni Xose Marti maqbarasi yonidagi Santa-Ifigeniya qabristoniga qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi maydonga Fidel Kastro nomi beriladi