19:08 / 02.02.2017
7 204

Saudiya shahzodasi 80 nafar lochinga samolyot chiptasini sotib oldi (Video)

Saudiya shahzodasi 80 nafar lochinga samolyot chiptasini sotib oldi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot bortidagi lochin qushlar aks etgan video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Qanotli yo‘lovchilar Saudiya shahzodasiga tegishli bo‘lib, ularning har biri uchun shahzoda alohida chipta sotib olgan.

Videoda qushlar stol ustiga joylashtirilgani, o‘rindiqlar esa polietilen qoplama bilan o‘ralgani aks etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qushlarning yo‘lovchi sifatida uchishi foydalanuvchilarning turli hazil-mutoyibalarga sabab bo‘ldi. Avvaliga samolyot bortidagi qushlar qirg‘iylar deyilgan bo‘lsa, keyinchalik ularning lochin ekanligi haqida fikrlar bildirildi.

Reddit foydalanuvchilari bir sutka davomida mazkur videoga to‘rt mingga yaqin izoh qoldirishdi. Ulardan biri “Saudiya shahzodasi qirg‘iylarning qanoti borligini, ucha olishini bilmaydi shekilli?”, deb yozgan.

Foydalanuvchilardan yana biri esa samolyotda 80 ta emas, faqat 6 ta qushni olib uchish mumkinligi haqidagi aviasiya qonunini eslatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya shahzodasi 80 nafar lochinga samolyot chiptasini sotib oldi (Video)