20:41 / 03.02.2017
8 537

Tramp: “Eron o‘t bilan o‘ynashmoqda”

Tramp: “Eron o‘t bilan o‘ynashmoqda”

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan avvalgi davlat rahbari Barak Obama kabi “rahmdil” bo‘lmasligini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz sayti.

“Eron o‘t bilan o‘ynashmoqda. Ular prezident Obama o‘zlariga nisbatan naqadar “rahmdil” bo‘lganining qadriga etishmayapti. Biroq men bunday emasman!" - deya yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq OAV AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritish niyatida ekanini xabar bergandi.

Vashington 1 fevral kuni Tehronga rasmiy ogohlantirish berdi. Bu holat mamlakat mudofaa vaziri Hussayn Dehqon Semnan shahri yaqinida ballistik raketa sinovi o‘tkazilganini tasdiqlaganidan so‘ng yuz berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “Eron o‘t bilan o‘ynashmoqda”