21:09 / 04.02.2017
6 978

Eron AQShning sanksiyalariga javoban harbiy mashqlarni boshlab yubordi

Eron AQShning sanksiyalariga javoban harbiy mashqlarni boshlab yubordi

Eron islom inqilobi posbonlari korpusi AQSh Tehronga nisbatan ballistik raketa sinovi tufayli sanksiya kiritganidan so‘ng harbiy mashqlar boshladi.

Sepahnews saytiga tayanib Sof.uz keltirishicha shanba kuni ertalab boshlangan IIPK harbiy-kosmik kuchlari mashg‘ulotlari Eronning har qanday tahdidlarga qarshi turishga tayyorligini namoyon qilmog‘i kerak.

Mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan shiorlarda "sanksiyalar va tahdidlarga nisbatan nafrat" degan so‘zlar quloqqa chalinadi, deyilgan xabarda.

Harbiy mashqlarda katta va o‘rta masofadagi turli raketa va radiolokasiyatizimlari ishlatilgan. Mashg‘ulotlar davomida "Tebes", "Sayyod-2", "Sevvom-e Xordad" singari raketa majmualaridan foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron 29 yanvar kuni o‘rta masofadagi ballistik raketani sinovdan o‘tkazgan edi. Tehronning bu hatti-harakatlariga javoban AQSh juma kuni sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQShning sanksiyalariga javoban harbiy mashqlarni boshlab yubordi