08:47 / 05.02.2017
7 727

Tramp va Poroshenko o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi

Tramp va Poroshenko o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 5 fevralga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Ukraina etakchisining matbuot kotibi Svyatoslav Segolko feysbukda ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Uning aytishicha, Poroshenko suhbat boshida Trampni inaugurasiyasi bilan tabriklagan va AQShning yangi ma’muriyati bilan barcha darajalarda muloqotning faollashishiga umid bidirgan.

Siyosatchilar suhbati bir soatdan ko‘proq davom etgan. Etakchilar davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishgan.

"Tomonlar Avdeevkada keskinlikning avj olishi va gumanitar vaziyatning yomonlashuvidan chuqur tashvish bildirishgan", deb yozgan Segolko. Uning aytishicha, siyosatchilar o‘t ochishni to‘xtatish tartibini o‘rnatish zarurligi haqidagi fikrga kelishgan.

Segolkoning ma’lum qilishicha, Poroshenko va Tramp Ukraina va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash masalasini ham muhokama qilishgan.

Poroshenko Trampga "Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlayotgani" uchun minnatdorchilik bildirgan.

Bundan tashqari, suhbat chog‘ida Poroshenkoning Vashingtonga tashrifi masalasiga ham to‘xtab o‘tilgan. Ta’kidlanishicha, bu tashrifga tayyorgarchilik ko‘rish bilan Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin shug‘ullanadi.

Bu suhbat ikki davlat etakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ikkinchi telefon suhbatidir. Avvalgi suhbat 2016 yil noyabrda bo‘lib o‘tgandi. O‘sha suhbatda Poroshenko Trampni saylovdagi g‘alaba bilan tabriklagandi va Vashington tomonidan Kievning qo‘llab-quvvatlanishi muhimligini ta’kidlab o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Poroshenko o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi