16:53 / 05.02.2017
6 495

Fransiyada noma’lum kishilar «Makdonalds»da tushlik qilayotgan harbiylarning qurolini o‘g‘irlab ketdi

Fransiyada noma’lum kishilar «Makdonalds»da tushlik qilayotgan harbiylarning qurolini o‘g‘irlab ketdi

Fransiyada noma’lum shaxslar «Makdonalds» restoranida tushlik qilish uchun to‘xtagan harbiylarning qurolini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda 5 fevral, yakshanba kuni LCI telekanali ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Hodisa 2 fevral, payshanba kuni Fransiya janubi-sharqidagi Izer departamentidagi La-Verpiyer kommunasida yuz berdi. Parijda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha operasiyasida ishtirok etib qaytayotgan uch nafar harbiy «Makdonalds»ga kira turib, FAMAS vintovkalarini avtomobilda qoldirgan. Mashinaga qaytgan harbiylar uning yon oynalaridan birining singanligi, undagi ikki vintovka va uning o‘qlari yo‘qolganligini aniqladi.

Harbiy xizmatchilar polisiya chaqirdi. Qidiruv operasiyalariga o‘nlab polisiyachilar va vertolyot jalb etildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, jinoyatchilar ikki kishi bo‘lgan. Polisiyachilar ularni qidirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada noma’lum kishilar «Makdonalds»da tushlik qilayotgan harbiylarning qurolini o‘g‘irlab ketdi