09:47 / 07.02.2017
6 496

Britaniya muzeyini borib ko‘rish uchun 5 sabab

Britaniya muzeyini borib ko‘rish uchun 5 sabab

Britaniya muzeyi (The British Museum) — Buyuk Britaniya bosh tarixiy-arxeologik muzeyi dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan badiiy muzeylar orasida 2-o‘rinda turadi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Agar siz Britaniya muzeyiga borib qolgan bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz zarur bo‘lgan bir necha joylar bor.

Rozetta toshi

Rozett toshi — qadimgi Misr yozuvini o‘qishga yordam bergan va ko‘rinishi uncha ahamiyatli bo‘lmagan granit plita.

Parfenon haykallari

Muzeyning 18-zalida 1801 yil graf Eljin tomonidan Afinadan keltirilgan Eljin bo‘rtma naqshlari deb nomlanuvchi haykallar va bo‘rtma naqshlar joylashgan.

Soatlar zali

Britaniya muzeyining 44-zali yonidan kirmay o‘tib ketolmaysiz. Turlicha va har xil o‘lchamdagi juda ko‘plab soatlarning jarangi, chiqqillashi va bong o‘rishi beixtiyor e’tiboringizni tortadi.

Satton-Xu xazinasi

1938 yil Satton-Xu qo‘rg‘onida topilgan bu xazina Britaniya hududining eng ahamiyatli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.

Lindoulik odam

Cheshir grafligidagi Lindou torf botqog‘ida 1984 yil torf qazib olishda mukammal tarzda saqlangan odam jasadi topildi. Keyinchalik tekshirishlarda bu odam eramizning 20—90 yillarida o‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya muzeyini borib ko‘rish uchun 5 sabab