Eron Trampga 10 fevral kuni javob qaytaradi

  • 07 fevral 2017, 22:59
  • 5 629
  • Dunyo
  • Eron Trampga 10 fevral kuni javob qaytaradi

    Eron Islom Respublikasi diniy rahnamosi, Eron qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat AQSh tomonidan tahdidlarga 1979 yilgi inqilobga 38 yil to‘ladigan 10 fevral kuni javob berilishini aytib o‘tdi. Bu haqda Press TV telekanaliga asoslanib Kun nashri ma’lum qildi.

    «Hech bir dushman Eron xalqini parchalab yubora olmaydi», degan rahnamo. U Eron Vashingtonning tahdidlariga islom inqilobi bayramida javob qaytarilishini ta’kidlagan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh IShID ortida turadi, Iroq va Suriyadagi urushlar esa Eron zarariga ishlaydi.

    Eron va AQSh munosabatlari Donald Trampning ma’muriyati olib borayotgan siyosat tufayli yana yomonlashdi. AQShning yangi prezidenti Eron bilan munosabatlarda avvalgi prezident Barak Obama kabi "yumshoqko‘ngil" bo‘lmasligini ma’lum qildi. U Eron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvni tanqid ostiga oldi.

    O‘tgan oy oxirida Tramp eronliklarning AQShga kirishini vaqtinchalik cheklash nazarda tutilgan farmonini imzoladi. Eron tomoni ham bunga javoban amerikaliklarga viza berishni to‘xtatdi.

    4 fevral kuni AQSh Eron bilan munosabatlar taranglashgani tufayli Yaman qirg‘oqlari yaqinida harbiy kemasini joylashtirdi.

    Undan oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning raketa sinovlariga harbiy javob berilishini istisno etmagandi.

    5 fevral kuni Donald Tramp Eronni «birinchi raqamli terrorchi davlat» deb atab, Tehronni AQShni mutlaqo hurmat qilmaslikda aybladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Eron Trampga 10 fevral kuni javob qaytaradi