19:45 / 08.02.2017
7 738

Rossiyaning Belgorod viloyatida yashovchi 10 yoshli qiz 5 nafar bolani yong‘indan olib chiqdi

Rossiyaning Belgorod viloyatida yashovchi 10 yoshli qiz 5 nafar bolani yong‘indan olib chiqdi

Rossiyaning Belgorod viloyatida yashovchi 10 yoshli Yuliya Chernova alanga olgan uydan uch ukasi va ikki singlisini olib chiqdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Hodisa 2-fevral kuni Proxorovskiy tumanining Teterevino qishlog‘ida ro‘y berdi. Pervuxinlar oilasi uyi pech bilan isitiladi, ona qiziga kichkintoylarga qarashni tayinlab, o‘tin olgani ketadi. Qiz oshxonaning yarmi alanga ichida qolganida yong‘in boshlanganini payqadi.

U olovni o‘chirishga harakat qildi, biroq alanga o‘ta kuchli edi va uydan chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Yuliya xona derazasini sindirib, uning tagiga adyol, kurtkalarni to‘shadi. Shundan so‘ng bolalarni birin-ketin uydan olib chiqa boshladi.

Ukalari va singillarini tashqariga chiqarib bo‘lgach, qiz tutundan hushini yo‘qotdi. U qo‘shnilarning uyida o‘ziga keldi va u erdan tez tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga olib ketildi. Hozirda maktab o‘quvchisining hayoti va salomatligiga xavf yo‘qligi bildirilmoqda.

FVVga ko‘ra, yong‘in oqibatida Pervuxinlarning uyi butkul yonib ketdi. Alangalanishga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Belgorod viloyatida yashovchi 10 yoshli qiz 5 nafar bolani yong‘indan olib chiqdi