17:41 / 09.02.2017
6 901

Qozog‘istonda qonunga xilof mazmundagi 110 mingdan ko‘proq internet havola o‘chirib tashlandi

Qozog‘istonda qonunga xilof mazmundagi 110 mingdan ko‘proq internet havola o‘chirib tashlandi

Qozog‘istonda 2016 yilda mamlakatning internet segmentidan terrorchilik, diniy ekstremizm, beshafqatlik, zo‘ravonlik va o‘z joniga qasd qilish g‘oyalari targ‘ib qilingan 110 mingdan ko‘proq material o‘chirib tashlangan. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

"2016 yilda internet-resurslar egalari va ma’muriyatlariga 150 mingdan ko‘proq material borasida 500 ga yaqin ogohlantiruvchi maktub yo‘llangan. Natijada internet egalari tomonidan terrorchilik, diniy ekstremizm, beshafqatlik, zo‘ravonlik va o‘z joniga qasd qilish g‘oyalari targ‘iboti alomatlari bo‘lgan 110 mingdan ko‘proq qonunga xilof material o‘chirib tashlangan", deb ma’lum qildi Abaev vazirlik yig‘ilishida.

Abaevning aytishicha, sud organlariga 164 ta havola va internet-resurs bo‘yicha 17 ta da’vo arizasi topshirilgan va ular bo‘yicha tegishli qarorlar chiqarilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda qonunga xilof mazmundagi 110 mingdan ko‘proq internet havola o‘chirib tashlandi