11:43 / 11.02.2017
6 941

Kreml turk harbiylariga o‘t ochilishiga turklarning o‘zlari aybdorligini bildirdi

Kreml turk harbiylariga o‘t ochilishiga turklarning o‘zlari aybdorligini bildirdi

Rossiya HKK Suriyada Turkiya tomonidan ko‘rsatilgan, turk harbiylari bo‘lmasligi kerak bo‘lgan nuqtalarga zarba bergan, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Bu holat haqida gapiradigan bo‘lsak, sababi tushunarli. Bu erda hech qanday bahsga hojat yo‘q. Prezident ushbu voqea yuzasidan hamdardlik bildirgani sizlarga ma’lum. Asosiysi bosh shtablar rahbariyatlarining hamkorlikdagi operasiyalarni amalga oshirish chog‘ida axborot almashuv mexanizmlarini takomillashtirish choralarini ko‘rishlaridir. Vaziyat esa bunday. Bizning harbiylar terrorchilarga zarba berish chog‘ida turkiyalik hamkorlarimiz tomonidan aytilgan nuqtalarga o‘t ochishgan. Va bu nuqtalar atrofida turk harbiylari bo‘lmasligi lozim edi. Shuning uchun ko‘zda tutilmagan holat yuz bergan", — dedi u, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Peskovning aytishicha, "nuqtalarni aniqlashtirish mexanizmini takomillashtirish kelajakda insonlar qurbon bo‘lishiga olib keladigan ana shunday ko‘zda tutilmagan zarbalar qayta yuz bermasligini ta’minlaydi".

Bu Rossiyaga noto‘g‘ri nishonlarni taqdim etgan turk razvedkasining xatosimi, degan savolga Peskov bu "nishonlarni taqdim etishda kelishilmaganlik" bo‘lganligini aytdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya HKKning turk harbiylariga bergan zarbasi bilan bog‘liq hodisa va ikki tomonlama hamkorlikni batafsil muhokama qildilar, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml turk harbiylariga o‘t ochilishiga turklarning o‘zlari aybdorligini bildirdi