17:16 / 11.02.2017
5 686

Turkiya konstitusiyasiga o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha referendum qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Turkiya konstitusiyasiga o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha referendum qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Turkiya konstitusiyasiga o‘zgarishlar kiritish masalasi bo‘yicha referendum 2017 yilning 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya oliy saylov kengashi rahbari xabar berdi, deb yozadi Kun nashri.

Xabar qilinishicha, konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish Turkiyada parlamentdan prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishni nazarda tutadi.

Bu mamlakat prezidentiga favqulodda holat haqida e’lon qilish, vazirlar va yuqori lavozimli davlat amaldorlarini ishga tayinlash, shuningdek, parlamentni tarqatib yuborish imkonini beradi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishini ma’qullagani haqida xabar berilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya konstitusiyasiga o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha referendum qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi