09:59 / 12.02.2017
9 183

Saudiya Arabistoniga qo‘nish chog‘ida bortida 365 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot alanga oldi

Saudiya Arabistoniga qo‘nish chog‘ida bortida 365 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot alanga oldi

Saudiya Arabistoniga qo‘nish chog‘ida bortida 365 yo‘lovchi bo‘lgan Iraqi Airways aviakompaniyasi samolyoti alanga oldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Yo‘lovchilarning barchasi tezkorlik bilan evakuasiya qilindi, qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Hodisa Jidda shahri yaqinida ro‘y berdi. Havo kemasi shassisi yonib ketgani bildirilmoqda.

Shunday hodisa kuni kecha Nyu-Yorkdagi Kennedi nomli aeroport uchish-qo‘nish maydonida ham sodir bo‘ldi. Parvozdan oldin Argentina Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning dvigateli yonib ketdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoniga qo‘nish chog‘ida bortida 365 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot alanga oldi