Tramp savdo tarmoqlari qizi Ivanka bilan ishlashdan bosh tortishi fonida unga tasanno o‘qidi

  • 12 fevral 2017, 11:29
  • 5 409
  • Dunyo
  • Tramp savdo tarmoqlari qizi Ivanka bilan ishlashdan bosh tortishi fonida unga tasanno o‘qidi

    AQSh prezidenti Donald Tramp savdo tarmoqlarining qizi Ivankaning markasi ostidagi kiyim-kechaklarni sotishdan bosh tortishi bilan bog‘liq shov-shuv fonida unga tasanno bildirdi, deb yozadi «Daryo».

    «Men qizim Ivanka bilan faxrlanaman. Haqoratlangani va OAV tomonidan yomona munosabatga uchraganiga qaramay, u boshini baland tutib, yo‘lida davom etmoqda. Bu haqiqatda hayratlanarli!» — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasiga.

    Eslatib o‘tamiz, AQShda ommabop bo‘lgan Nordstrom univermaglar tarmog‘i prezidentning qizi Ivanka Tramp firmasining kiyim-kechaklarini sotib olishdan bosh tortgan va o‘z qaroroni brendning yaxshi sotilmasligi bilan izohlagan edi.

    Ivankaning kiyim-kechaklarini sotishni to‘xtatishi haqida Neiman Marcus, Belk, Jet, ShopStyle va boshqa qator savdo tarmoqlari ham e’lon qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tramp savdo tarmoqlari qizi Ivanka bilan ishlashdan bosh tortishi fonida unga tasanno o‘qidi