14:54 / 12.02.2017
6 611

NATO rus saytlarini soxta xabarlar tarqatishda aybladi

NATO rus saytlarini soxta xabarlar tarqatishda aybladi

NATO Rossiyani o‘z nazoratidagi OAV orqali soxta axborotlar tarqatib, eskalasiya kampaniyasi olib borishda aybladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

«NATO Rossiya propagandasi sezilarli darajada o‘sganini qayd etdi. Bu 2014 yilda Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi ortidan ro‘y berdi», — degan Lungesku xonim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO va Evropaning rasmiy shaxslari Rossiya televideniesi va internet saytlari orqali soxta xabarlar keng ko‘lamda tarqatiilishi tufayli aziyat chekishmoqda hamda xavotirlanishmoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday ish bilan Sputnik va RT nashrlari shug‘ullanmoqda. Lungesku xonimning so‘zlariga ko‘ra fevral oyida ham Life portali dezinformasiyaga (yolg‘on xabar tarqatish) qo‘l urdi. O‘shanda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning o‘zini Ukraina prezidenti Petro Poroshenko sifatida ko‘rsatgan prankerlar Leksus va Vovan bilan gaplashgani haqida xabar berilgandi.

«Bunday muloqot hech qachon bo‘lmagan, bu dezinformasiyaga yaqqol misol», — degan NATO vakili.

Kreml, Rossiya hukumati, Sputnik, RT va Life nashrlari Lungeskuning bu ayblovlariga munosabat bildirishmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO rus saytlarini soxta xabarlar tarqatishda aybladi