16:59 / 12.02.2017
6 450

Bugun Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Saylov soat 07:00 da boshlanib 19:00 da yakunlanadi. Mamlakat bo‘ylab 2587 saylov uchastkalari ochilgan, ulardan 39 tasi Turkmanistonning chet mamlakatlarda joylashgan vakolatxonalari huzurida. Saylovdi ishtirok etish uchun 3 million 223 ming 455 kishi ro‘yxatga olingan, deb yozadi Sof.uz sayti.

Turkmanistonda amal qilayotgan qonunlarga ko‘ra, saylovda ishtirok etgan fuqarolar sonidan qat’iy nazar, saylov bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Prezident bo‘lish uchun saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovoziga ega bo‘lish kerak.

Mamlakat prezidenti lavozimiga sakkiz nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ham bor.

2016 yilda mamlakat Konstitusiyasiga o‘zgarish kiritilib prezident vakolati muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan edi. Ushbu saylov Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgarishdan keyingi birinchi saylov bo‘ladi.

Turkmaniston prezidenti saylovi O‘zbekiston va yana bir necha mamlakatdan kelgan kuzatuvchilar nazorati ostida bo‘lib o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda