17:12 / 12.02.2017
6 975

Rossiya KXDRning raketa uchirishiga munosabat bildirdi

Rossiya KXDRning raketa uchirishiga munosabat bildirdi

Rossiya Federasiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev ma’lum qildiki, KXDR BMT Xavfsizlik kengashi qarorlariga rioya etmog‘i lozim. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Uning aniqlik kiritishicha, KXDR yangi ballistik raketalar ishlab chiqarmasligi, yadroviy sinovlar o‘tkazmasligi va boshqa ig‘voli harakatlar sodir etmasligi kerak.

«Rossiyaning pozisiyasi BMT Xavfsizlik Kengashining 30 noyabr kuni yadroviy sinovlar munosabati bilan KXDRga nisbatan yangi cheklov choralarini ko‘rish bo‘yicha qabul qilingan 2321-raqamli rezolyusiyaga muvofiqdir: «KXDR hech qanday ballistik raketalar hamda yadroviy sinovlar o‘tkazmasligi va boshqa ig‘vogarona harakatlarni amalga oshirmasligi kerak», — degan senator.

Bundan oldinroq, Pentagondagilar KXDR uchirgan raketa o‘rta masofali ballistik raketa bo‘lgani va bunday sinovlar Shimoliy Amerikaga tahdid solmasligini ma’lum qilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya KXDRning raketa uchirishiga munosabat bildirdi