Kaliforniya universiteti (Santa-Kruz) olimlari avval fanga ma’lum bo‘lmagan taxminan 117 yangi ekzosayyorani topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida ularning The Astronomical Journal jurnalida chop etilgan hisobotida ma’lum qilindi.
Unda so‘nggi 20 yil davomida Havayidagi (AQSh) Keka rasadxonasida HIRES teleskopi orqali olingan ma’lumotlar tahlil qilingan. U sayyoralarning o‘z yulduzlari atrofida aylanishlari natijasida yuzaga kelgan gravitasion o‘zgarishlarni qayd etishga qodir. Teleskop orqali qabul qilingan kosmik signallarni o‘rgangan va taqqoslagan amerikalik tadqiqotchilar deyarli 60 ehtimoliy yangi ekzosayyorani topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular tomonidan muayyan darajadagi ishonch bilan yana 50 ta shunday kosmik jismlarning mavjudligi aniqlandi, lekin bu ma’lumotlar qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qiladi.
Kaliforniya universiteti olimlari bu kashfiyotdan keyin ularning boshqa mamlakatlardagi hamkasblari hisobotda taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirishga kirishishlari va hozircha faqat nazariy jihatdan aniqlangan kosmik jismlarning haqiqatda mavjudligini isbotlashda yordam berishlariga umid qilishmoqda.
Bugungi kunga qadar 3563 ekzosayyoraning mavjudligi tasdiqlangan. Ularning uchdan ikki qismi NASA'ning "Kepler" teleskopi yordamida aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi