08:51 / 15.02.2017
5 944

Rossiyalik deputat Valentin kunini nishonlashni qoraladi

Rossiyalik deputat Valentin kunini nishonlashni qoraladi

Rossiya Federasiyasi Dumasining a’zosi, deputat Vitaliy Milonov mamlakat Federal axborot agentligiga 14 fevralni “avliyo Valentin” kuni sifatida nishonlash borasida o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

“Mening fikrimcha, avliyo Valentin kunini nishonlash xuddi “qora juma”, chegirmalar kunida va shu qatori kunlarda tijoriy foyda topish bilan bir xil. Bizning jamiyatda bu kun faqat iqtisodiy foyda olish uchun jonlanib turibdi.

Atrofga boqing, gul do‘konlar, savdo markazlari, o‘yinchoq do‘konlari bu bayram ortidan faqat daromad qilmoqda. Agar siz sevgingiz ana shunday maishiy buyumlar bilan baholanadi deb o‘ylasangiz, marhamat davom eting. Ammo oliy tuyg‘ularni pulga chaqish, shu tuyg‘u yo‘qligini bildiradi”, deydi Milonov.

Bundan tashqari, deputat o‘z so‘zi davomida, bu kunning asosiy tashkilotchilari restoran, kafe, tovar ishlab chiqaruvchilar ekanligini esdan chiqarmaslikni ta’kidlab o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik deputat Valentin kunini nishonlashni qoraladi