08:14 / 17.02.2017
6 445

Qirg‘iziston Markaziy Banki rahbari o‘z orzusi bilan bo‘lishdi

Qirg‘iziston Markaziy Banki rahbari o‘z orzusi bilan bo‘lishdi

Qirg‘iziston Markaziy Banki rahbari To‘lqinbek Abdigulov har bir fuqaroning kamida 100 g oltini bo‘lishi haqida orzu qiladi. U Bloomberg nashriga bergan intervyusida shu haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri. Abdigulovning so‘zlariga ko‘ra, boshqaruvchi Qirg‘iziston aholisiga 140 kilogrammcha oltin sotgan - bu odamlarni o‘z pullarini qoramollarga tikmaslikka olib kelishi kerak bo‘lgan choralardan biri.

"Oltin uzoq vaqt saqlanishi mumkin va, xalqaro bozorlardagi narxlarga qaramay, u insonlar ko‘z o‘ngida o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Men bu orzuimni tezroq amalga oshirishga harakat qilaman", - deydi u.

Oltin Qirg‘iziston eksportining asosi hisoblanadi. Uning aholisi 6 million kishidan iborat. Bu Abdigulovning orzusini haqiqatga aylantirish uchun 600 tonna oltin (ya’ni qimmatbaho metall ishlab chiqarishning 30 yillik hajmi) kerak bo‘ladi deganidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston Markaziy Banki rahbari o‘z orzusi bilan bo‘lishdi