20:26 / 17.02.2017
8 014

6 yil avval FHDYo sabab “o‘lgan” ayol qayta “tirildi”

6 yil avval FHDYo sabab “o‘lgan” ayol qayta “tirildi”

Oqtovda 30 yoshli ayol “o‘lgan” maqomida olti yildan beri yashab kelgan, deb ma’lum qilmoqda Qalampir.uz.

Qozog‘istondagi Oqtov hududida istiqomat qiluvchi Aliya Bijanova 2011 yildan beri “vafot etgan” deb hisoblanib kelingan. Bunga FHDYo tuman bo‘limidagilarning mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgan.

O‘zining “marhum” ekanini endigina bilib qolgan Aliya huquqni himoya qiluvchi organ xodimlariga arz qilgan. Shuncha yillar davomida, uy olish uchun ro‘yxatda turgan jabrlanuvchi, hatto, voyaga etmagan farzandi uchun nafaqa ham ololmagan.

Aniqlanishicha, FHDYo Munayli tuman bo‘limi Bijanovani “o‘lgan” deb qayd qilgan ekan. Kompyuter xotirasidagi baza ishdan chiqqani tufayli, Aliyaning arzini hech kim tinglashni hoxlamadi. Faqat OAVda bu haqda yoritilgandan so‘ng, unga huquqlari qaytarib berildi.

Qayta “jonlantirilgan” Aliya bundan xursand bo‘lsa ham, aybdorlarni kechirmoqchi emas. Yolg‘iz ona sifatida u imtiyozli uyga ega bo‘lishi mumkin edi. Bijanova etkazilgan ma’naviy va moddiy zararlarni qoplashlarini talab qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 6 yil avval FHDYo sabab “o‘lgan” ayol qayta “tirildi”