Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod davrida vise-prezident bo‘lgan Hamid Rizo Baqoiy bu yil o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Bu haqda "Tasnim" agentligiga tayanib "Kun.uz" xabar bermoqda.
"Men Eron Islom Respublikasi prezidentining 12-sonli saylovlarida ishtirok etish uchun nomzodimni qo‘yishimni rasman e’lon qilaman", deb aytgan Baqoiy. Xabarda aytilishicha, Baqoiy saylovlarda hech qaysi partiya, guruh yoki biror bir siyosiy kuch bilan bog‘lanmagan holda, mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi.
2005 yildan 2013 yilgacha Eron prezidenti bo‘lgan Mahmud Ahmadinajod saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.
Ushbu saylovlar 2017 yil may oyida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring