Pokistonda kamida 100 nafar terrorchi yo‘q qilindi

  • 19 fevral 2017, 13:55
  • 5 131
  • Dunyo
  • Pokistonda kamida 100 nafar terrorchi yo‘q qilindi

    Pokiston payshanba kuni Sahvon shahrida sodir etilgan terakt uchun o‘ch oldi: 100 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi, deb xabar qiladi Hilol.uz.

    Sahvan shahridagi so‘fiy olimlardan Lal Shahboz Qalandar ziyoratgohida xudkush terrorchining o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 83 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi yaralandi. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor.

    Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif teraktda jarohat olganlar davolanayotgan kasalxonaga bordi va ulardan hol-ahvol so‘radi.

    Ushbu portlash Pokistonda so‘nggi ikki yilda yuz bergan eng qonli terakt bo‘ldi. Teraktni IShID o‘z zimmasiga oldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Pokistonda kamida 100 nafar terrorchi yo‘q qilindi