Shanba kuni Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada qatnashgan Germaniya kansleri Angela Merkel islom dini terrorning manbasi emasligini ta’kidladi.
Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning etti musulmon mamlakat fuqarolariga nisbatan immigrasiya taqiqini tanqid qildi. Germaniya kanslerining fikricha, terror guruhlariga qarshi kurashish uchun musulmon mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.
“Bu mamlakatlar birinchi navbatda (terrorga qarshi kurashga) hissa qo‘shishlari lozim. Ana shunda biz odamlarni islom terrorning manbasi emasligiga, bu islomni noto‘g‘ri tushunish oqibati ekaniga ishonitira olamiz”, – dedi Merkel.
Shuningdek, Angela Merkel IShID va unga o‘xshash terror guruhlariga qarshi kurashda Rossiya bilan ham hamkorlik qilish kerakligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi