15:48 / 19.02.2017
10 995

Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo‘ladi

Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo‘ladi

Garvard universiteti olimlari yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Amerikalik olimlar qirilib ketgan mamontlarni “qayta tiriltirishlari”ga ishontirmoqda. Olim Jorj Cherch boshchiligidagi guruh qirilib ketgan mamontlarning genlariga Osiyo fillarining xromosomalari yordamida o‘zgartirish kiritishni rejalashtirgan.

Mutaxassislar Osiyo fillari va mamontlarning genlari bir-biriga o‘xshashligini aniqlashdi va mamontning DNKsini Osiyo filiga ko‘chirib o‘tkazishdi. Biologlarning aytishicha, endi ular duragay embrionni yaratishlari mumkin. Ilk duragaylar qalin junli, quloqlari kichkina va dandon tishli fillar bo‘ladi.

Olimlar sovuqqa chidamli, yangi mamontga allaqachon mammophant (inglizcha mammoth - mamont va elephant - fil) deb nom qo‘yishdi. Biologlarning mazkur tadqiqotni o‘tkazishdan maqsadi, bundan to‘rt ming yillar ilgari qirilib ketgan mamontlarni qayta dunyoga keltirish va hozirda kamyob jonivorga aylangan Osiyo fillarini saqlab qolishdir. Cherch 2015 yildan beri mamontlarni qayta tiriltirish bilan shug‘ullanuvchi Woolly Mammoth Revival loyihasining rahbari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo‘ladi