10:29 / 20.02.2017
5 422

Islom dunyosining 2017 yilgi turistik poytaxti nomi e’lon qilindi

Islom dunyosining 2017 yilgi turistik poytaxti nomi e’lon qilindi

Saudiya Arabistonida Madina shahrining Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) tomonidan islom dunyosining 2017 yildagi turistik poytaxti deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida "Kun.uz" xabar berdi.

Madina shahrining turizm va taraqqiyot bo‘yicha boshqarmasi rahbari Sulton bin Salmon bin Abdulaziz ishtirokidagi maxsus marosimda shaharda yil davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirlar dasturi taqdim etildi.

Marosimda Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning Madinaga ko‘chib o‘tishiga oid musiqiy asarlar yangradi, shuningdek folklor shou va milliy raqslar ham namoyish etildi.

Madina shahri IHT mamlakatlarining turizm vazirlari ishtirokidagi konferensiyada islom olamining turistik poytaxti sifatida tanlangan.

Islom olamining 2016 yilgi turistik poytaxti Turkiyaning Konya shahri bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islom dunyosining 2017 yilgi turistik poytaxti nomi e’lon qilindi