10:52 / 20.02.2017
6 411

Saudiya Arabistoni: Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin?

Saudiya Arabistoni: Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin?

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubeyr ma’lum qildiki, Eron o‘z harakatlari va prinsiplarini o‘zgartirishi kerak.

«Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin? Eron o‘z harakatlari va prinsiplarini o‘zgartirmas ekan, bunday davlat bilan ishlashimiz juda qiyin bo‘ladi», — deya vazirning so‘zlarini keltirgan Kun.uz.

Myunxen konferensiyasidagi chiqishi vaqtida u Eron — Yaqin Sharq hududida IShIDning ham, «Al-Qoida»ning ham hujumiga uchramay kelayotgan davlat ekaniga e’tibor qaratgan.

Vazir rasmiy Tehronni Suriya prezidenti Bashar Asadni va Yamandagi husiychilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat Eronning harakatlarini to‘xtatish choralarini ko‘rmog‘i lozim.

Bundan oldinroq Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida Eronning yadroviy dasturi tinchlikparvarlikka asoslanganini ta’kidlagani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni: Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin?