12:01 / 22.02.2017
6 352

Xitoylik sobiq amaldor poraxo‘rligi uchun 15 yilga qamaldi

Xitoylik sobiq amaldor poraxo‘rligi uchun 15 yilga qamaldi

Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor tumani er zaxiralari boshqarmasi intizom nazorati guruhi boshlig‘i Lo Veygo 15 mln yuan (2,18 mln dollar) pora olgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda "Sina portali"ga asoslanib "Kun.uz" yozmoqda.

"Fachji vanbao" gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq amaldor o‘z xizmat mavqeini 2005 yildan 2011 yilgacha suiste’mol qilib kelgan. Sud qaroriga ko‘ra, uning 2 mln yuanlik mol-mulki musodara qilinadi hamda uning o‘zi 100 ming yuan jarima to‘laydi.

Xitoyda Si Szinpin 2012 yil noyabrda hokimiyat tepasiga kelgandan beri korrupsiyaga qarshi katta ko‘lamli kampaniya olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik sobiq amaldor poraxo‘rligi uchun 15 yilga qamaldi