17:35 / 22.02.2017
8 655

​Ekaterinburgda metro relsiga yiqilgan bolani begona erkak qutqardi (Video)

​Ekaterinburgda metro relsiga yiqilgan bolani begona erkak qutqardi (Video)

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida metro relsiga yiqilib tushgan bolani begona erkak hayotini xavf ostiga qo‘yib qutqardi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Bola metro relsiga yiqilgandan keyin uni qutqarish uchun yigirma soniya zarur bo‘ldi. Bolani relsdan ko‘tarib tepaga olib chiqqan erkakni kuzatuv kameralari qayd etgan.

Ikkinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan bolaning butun diqqat-e’tibori telefonda bo‘lgani bois, platformaning chetiga borib qolganini anglamagan. Rels ustiga yiqilgan bola mustaqil ravishda o‘rnidan turmoqchi bo‘lganda, buni eplolmadi.

Bolaning yiqilganini ko‘rgan erkak zudlik bilan yordamga shoshildi, u relsga sakrab tushib, bolani yuqoriga uzatdi. Boshqa yo‘lovchilar ham uning tepaga chiqishiga yordam berdi. Bola olgan tan jarohati tufayli kasalxonaga yotqizildi. Unga yordam bergan Anton ismli erkak bekatda turgan barcha yo‘lovchilar qutqaruv ishlarida qatnashgani uchun o‘zini qahramon deb hisoblamadi.
[media=https://youtu.be/HI9rnqxKaSs]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ​Ekaterinburgda metro relsiga yiqilgan bolani begona erkak qutqardi (Video)