07:24 / 23.02.2017
7 374

Putin Suriyadagi operasiyaga aloqador bo‘lgan bir qator generallarning unvonini oshirdi

Putin Suriyadagi operasiyaga aloqador bo‘lgan bir qator generallarning unvonini oshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi operasiyasiga aloqador bo‘lgan yoki Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan bir qator armiya generallariga yangi unvonlar berdi, deb yozadi Kun nashri.

Putin farmoniga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy general-polkovnik unvonini oldi. Xuddi shu unvon Rossiya mudofaasini boshqarish milliy markazi boshlig‘i Mixail Mizinsevga berildi.

Bundan tashqari, uzoq aviasiya qo‘mondoni Sergey Kobilash va Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanislav Gadjimagomedov yangi unvonlar oldilar. Ostonada Suriya muxolifati bilan muzokaralarda Rossiya mudofaa vazirligi delegasiyasiga boshchilik qilgan Gadjimagomedov general-leytenant unvonini oldi. Yangi unvonlar olgan generallar ro‘yxatida umumiy hisobda 17 ta familiya bor.

Suriyadagi operasiyaning natijalaridan biri 3119 terrorchi, jumladan 29 nafar dala qo‘mondonining yo‘q qilinishi bo‘ldi. Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyadagi operasiya boshidan 1760 ta jangovar parvoz amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Suriyadagi operasiyaga aloqador bo‘lgan bir qator generallarning unvonini oshirdi