15:06 / 24.02.2017
6 283

Yamanda portlash ro‘y berdi, halok bo‘lganlar bor

Yamanda portlash ro‘y berdi, halok bo‘lganlar bor

Yamanning Zanzibaridagi harbiy lagerda xudkush-terrorchining hujumi oqibatida sakkiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Harbiy libosda bo‘lgan terrorchi avtomobilda lager darvozasiga kelib urilgan, shundan so‘ng portlash yuz bergan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 10 nafari jarohatlandi.

Mahalliy hukumat so‘zlariga ko‘ra, terrorchi “Al-Qoida” guruhi a’zosi bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AQSh Yaman markaziy qismida “Al-Qoida” jangarilariga qarshi o‘tkazilgan amaliyot davomida tinch aholi vakillari, jumladan bolalar ham halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamanda portlash ro‘y berdi, halok bo‘lganlar bor