18:14 / 24.02.2017
7 726

Yaponiyadagi hayvonot bog‘ida geni begona bo‘lgani uchun 57 ta makaka o‘ldirildi

Yaponiyadagi hayvonot bog‘ida geni begona bo‘lgani uchun 57 ta makaka o‘ldirildi

Yaponiyaning Tiba prefekturasidagi Fussu hayvonot bog‘ida 57 ta qor makakasi ularda begona gen topilgani uchun in’eksiya orqali uxlatish yo‘li bilan o‘ldirildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Hayvonot bog‘i vakillarining so‘zlariga ko‘ra, maymunlarning DNK tahlilini o‘rganish vaqtida qor makakalari Yaponiyada taqiqlangan rezus makakalar bilan juftlangani ma’lum bo‘ldi.

Mahalliy mansabdorlar va Yaponiya atrof-muhit vazirligi tizimiga kiruvchi begona turga mansub hayvonlar boshqarmasi xodimining ta’kidlashicha, ushbu maymunlarning o‘ldirilishi qor makakalarining tabiiy muhitda yashashini saqlab qolishga xizmat qiladi. Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF)ning Yaponiyadagi bo‘limi vakili Dzukniti Mima ham huddi shunday fikrda ekani ta’kidlanmoqda.

Qayd etish kerakki, qo‘shni buddaviylik ibodatxonasida o‘ldirilgan maymunlar ruhi xotirlandi.

Ko‘proq qor makakasi nomi bilan mashhur yapon makakasi mamlakat orollarida yashaydi va ko‘p sonli sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Mamlakatda begona turga mansub hayvonlarni olib kirish, juftlatish va boqish qonun bilan ta’qib qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyadagi hayvonot bog‘ida geni begona bo‘lgani uchun 57 ta makaka o‘ldirildi