07:32 / 25.02.2017
7 162

Tramp AQSh armiyasi uchun "juda katta byudjet" so‘ramoqchi

Tramp AQSh armiyasi uchun "juda katta byudjet" so‘ramoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Konservativ siyosiy harakatlar anjumanida ishtirok etib, AQSh ma’muriyati mamlakat qurolli kuchlari uchun "juda katta byudjet" so‘ramoqchi ekanligini aytdi.

"Biz qurolli kuchlarimiz uchun katta byudjetni so‘ramoqchimiz", deb aytgan Tramp.

Tramp bunda gap qaysi davr haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq AQSh kongressining byudjet bo‘yicha boshqarmasi AQSh byudjeti defisitining 28 mlrd dollarga, ya’ni 599 mlrd dollargacha kamayishini prognoz qilgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp AQSh armiyasi uchun "juda katta byudjet" so‘ramoqchi