Trampning o‘xshovsiz gapiga Parij meri chiroyli javob qaytardi

  • 25 fevral 2017, 13:15
  • 4 972
  • Dunyo
  • Trampning o‘xshovsiz gapiga Parij meri chiroyli javob qaytardi

    Kecha, 24 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Siyosiy konservativ harakat konferensiyasida bir necha yil davomida Fransiya poytaxti Parijga tashrif buyurmagan do‘stining so‘zlaridan iqtibos oldi.

    “Parij avvalgi Parij emas!”, deb do‘stini so‘zlarini keltiradi prezident.

    Bunga javoban Parij meri Ann Idalgo quyidagi xabarni ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogiga joylashtirdi:

    “Biz Eyfel minorasida Mikki-Maus hamda Mini-Maus birgaligida Parijning ko‘rkamligi va rivojlanishini nishonlamoqdamiz”.

    Xabar ostiga suratini qadab qo‘ygan Parij meri birozdan so‘ng, yana bir ma’lumotni havola etdi:

    “2017 yilning birinchi choragida sayyohlik maqsadida amerikaliklar tomonidan Parijda band qilingan joylar o‘tgan yilgiga qaraganda 30 foizga oshgan”.

    Ma’lumot uchun, Ann Idalgo butun Parij tarixidagi ilk ayol mer hisoblanadi. 57 yoshli siyosatchi 2014 yilda Parij meriyasining meri etib saylangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Trampning o‘xshovsiz gapiga Parij meri chiroyli javob qaytardi