09:15 / 26.02.2017
7 434

Amerikalik jodugarlar Trampni «jodu» qilishmoqchi

Amerikalik jodugarlar Trampni «jodu» qilishmoqchi

Amerikalik jodugarlar, afsun o‘quvchilar va "boshqa sehr-jodu qo‘llovchilar" AQSh prezidenti Trampga qarshi birlashishga qaror qilishdi, deb yozadi Kun nashri.

Ular Tramp va unga yordam beruvchilarning "qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yishga" qaratilgan marosimlarni har oy qaytayotgan oy vaqti yarimtunda, Tramp o‘z ishchi xonasini tark etgan vaqtda o‘tkazishni tavsiya qilishmoqda. Bunday birinchi "issiq-sovuq qilish" marosimi 25 fevralga o‘tar kechasi (Toshkent vaqti bilan 26 fevral soat 10:00) o‘tkazilmoqchi.

Ta’kidlanishicha, bunday marosimlar Tramp prezident lavozimidan chetlatilmaguncha davom ettirilaveradi. Jodugarlar hattoki Facebook’da Trampga qarshi marosimlarga bag‘ishlangan sahifa ochishdi. Bu sahifadagi xabarlarda Trampga qarshi o‘tkazish taklif qilinadigan turli marosimlar ta’riflab berilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik jodugarlar Trampni «jodu» qilishmoqchi