16:40 / 26.02.2017
6 565

Qozog‘iston sharqida xususiy vertolyot yo‘qoldi

Qozog‘iston sharqida xususiy vertolyot yo‘qoldi

Sharqiy Qozog‘istonda g‘oyib bo‘lgan vertolyot qutqaruvchilar tomonidan qidirilmoqda, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

S-341 rusumli, xususiy shaxsga tegishli bo‘lgan vertolyot Urjar tumanining Koja qishlog‘idan 25 fevral kuni kechqurun parvoz qilgan, u Ayagoz tumanidagi Akshatau qishlog‘iga yoqilg‘i to‘ldirib olish uchun qo‘nishi belgiilangandi. Guvohlar vertolyot Aygiz qishlog‘i ustidan uchib o‘tganini ko‘rishgan. Biroq vertolyot belgilangan manzilga etib bormagan va uchuvchi ham aloqaga chiqmagan.

Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakilining ma’lumotiga ko‘ra, Aygiz va Akshatau qishloqlari orasidagi masofa 100 kilometrga yaqin, qidiruv ishlarida 4ta texnika, 29 nafar qutqaruvchi ishtirok etmoqda.

Yo‘qolgan vertolyot bortida 3 kishi — 2 yo‘lovchi va uchuvchi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston sharqida xususiy vertolyot yo‘qoldi