09:37 / 01.03.2017
6 108

OAV: Turkiyada temiryo‘lda bomba portladi

OAV: Turkiyada temiryo‘lda bomba portladi

Turkiyaning Diyorbakir viloyatidagi temiryo‘lda bombaning ishga tushishi natijasida portlash sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Ma’lum qilinishicha, portlash yuk poezdi o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Natijada 10 ta vagon ag‘darilib ketgan.

Taxminlarga ko‘ra, mazkur vaziyat natijasida jabrlanganlar ham, qurbonlar ham yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan joyga tez yordam mashinalari yuborilgan.

Xabar qilinishicha, bomba Sur tumanidagi Karpuzlu qishlog‘i yaqinidan o‘tuvchi temir yo‘l ostiga o‘rnatilgan bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Turkiyada temiryo‘lda bomba portladi