Nyu-York meri Bill de Blazio: “Men ham musulmonman”

  • 01 mart 2017, 21:02
  • 4 300
  • Dunyo
  • Nyu-York meri Bill de Blazio: “Men ham musulmonman”

    AQSh prezidenti Donald Trampning kutilmagan qat’iy qarorlariga qarshi bo‘lgan fuqarolar dunyodagi eng mashhur sayilgohlardan biri, Nyu-York shahridagi Taymsga yig‘ilgan.

    O‘tgan hafta, 20 fevral kuni tashkil etilgan bu erkinlik yurishining asosiy maqsadi amerikaliklar ozod xalq va musulmonlarning ularga ziyoni tegmayotganini bildirish edi. Harakatning kuchi so‘nmasdan turib, uni qo‘llab-quvvatlash uchun “Def Jam Records” leybelining asoschilaridan biri Rassel Simmons, Nyu-York​ meri Bill de Blazio, aktyor Syuzan Sarandonlar otashin nutq so‘zladi:

    “Kelib chiqishingiz, e’tiqodingiz, qayerda tug‘ilganingizdan qat’i nazar, bu shahar sizlarniki. Bugun men ham mana shu tinchlik va totuvlikni xohlayman, men ham musulmonman”, deydi Nyu-York​ meri.

    Simmons “eski” do‘sti Trampdan 2015 yilning dekabr oyidayoq musulmonlarning mamlakatga kirib kelishiga ta’qiq qo‘ymasligini so‘ragan edi. U bu so‘zlariga haligacha sodiq ekanini yana bir bor isbotladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Nyu-York meri Bill de Blazio: “Men ham musulmonman”