23:33 / 01.03.2017
9 748

Xitoy uyg‘urlarga qarshi kurashda yordam so‘radi

Xitoy uyg‘urlarga qarshi kurashda yordam so‘radi

Xitoy jahon hamjamiyatidan uyg‘ur mutaassiblariga qarshi kurashda yordam so‘radi. Xitoy TIV rahbari 1 mart kuni shunday bayonot bilan chiqqan, deb xabar qildi Kun.uz.

«Biz Sharqiy Turkistondagi qurolli otryadlar Xitoy xavfsizligi uchun xavf tug‘dirayotgani haqida ilk marta gapirmayapmiz. Biz turkistonlik ayirmachilarga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishni istaymiz», — degan TIV vakili Gen Shuan.

IShID tomonidan uyg‘ur jangarilari qay harbiy tariqa tayyorgarlik ko‘rayotgani tasvirlangan videoni namoyish etgach, Xitoy hukumati yangi aksilterror choralarni e’lon qildi. IShIDning Iroqdagi bo‘limi bir yarim soatlik video tayyorlagan, unda uyg‘ur jangarilarining harbiy mashg‘ulotlari tasvirlangan, shuningdek, Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududi manzaralari keltirilgandi.

Rasmiy Pekin Suriya va Iroqqa IShID safida jang qilish uchun ketgan uyg‘urlarning Xitoyga qaytishidan xavfsiramoqda. O‘tgan vaqtlar ichida Xitoyning g‘arbida uyg‘urlar va xanlar o‘rtasidagi nizolar tufayli minglab kishilar halok bo‘lgan. Hukumat bu to‘qnashuvlar uchun IShIDni ayblagan.

Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududida mustaqil Sharqiy Turkiston davlatini tuzishni rejalashtirgan radikal kuchlar harakatlanadi. 1990 yildan buyon Pekin bu kuchlarga qarshi kurash olib boradi, bu ziddiyat tufayli bir necha yuz kishi halok bo‘lgan.

Uyg‘urlarning ko‘pchilik qismi hukumatning zug‘umlaridan shikoyat qilib keladi. Xitoyda uyg‘urlar armiya xizmatiga chaqirilmaydi va polisiyada ishlashiga imkon berilmaydi. Uyg‘urlar Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududi aholisining 72 foizini tashkil qiladi, bu hududda xanlar ulushi 26 foizga yaqinni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy uyg‘urlarga qarshi kurashda yordam so‘radi