23:45 / 01.03.2017
6 850

Rossiya Suriyada arab koalisiyasi kuchlarini bombardimon qildi

Rossiya Suriyada arab koalisiyasi kuchlarini bombardimon qildi

Rossiya HKK samolyotlari 28 fevral oqshomida Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan arab bo‘linmalari pozisiyalariga zarba bergan. Bu haqda AQShning Iroqdagi qo‘mondonligi rahbariga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi Kun.uz.

Uning aytishicha, hujum oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar Al-Bob yaqinida joylashgan jangchilar ustiga aviazarba yo‘llagan.

Hodisaning to‘liq tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

O‘tgan oy boshida ham Rossiya aviasiyasi xatolik tufayli Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borayotgan harbiylarga hujum qilgandi. 9 fevral kuni esa Rossiya samolyotlari Al-Bobda xatolik tufayli bergan zarbalar oqibatida Turkiya armiyasining 3 nafar harbiysi halok bo‘lib, 11 nafari jarohatlangandi.

Bundan avvalroq Turkiya harbiylari Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlarga hujum qilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Suriyada arab koalisiyasi kuchlarini bombardimon qildi