12:12 / 02.03.2017
6 452

Tumshug‘i qiyshiq it ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehr-muhabbatiga sazovor bo‘ldi

Tumshug‘i qiyshiq it ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehr-muhabbatiga sazovor bo‘ldi

Amerikaning Oregon shtatidagi hayvonlar saqlanadigan joyda yashovchi, egasiz, Pikasso laqabli it ijtimoiy tarmoqlarning yulduziga aylandi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

G‘ayrioddiy itga bag‘ishlangan post Dogsofinstagram`ning Instagram-akkauntiga joylashtirildi. Profil ma’muriyati o‘z foydalanuvchilaridan itni boqib olishni iltimos qildi. Egasiz Pikasso zaharlab o‘ldirilmoqchi bo‘lganda hayvonlarni saqlash joyi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan. “Pikassoning tashqi qiyofasi kulgili ko‘rinsa-da, u o‘zini bardam va baxtli his qiladi”, deyishdi uni parvarish qilayotgan xodimlar.

Pikassoga bag‘ishlangan post uch kunda 112 ming layk to‘pladi va foydalanuvchilar 3,5 mingdan ortiq izoh qoldirishdi. U barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehr-muhabbatiga sazovor bo‘ldi.

Luvable Dog Rescue xodimining aytishicha, hozirda Pikasso veterinarlarning jarrohlik operasiyasini o‘tkazish xulosasini kutmoqda. U ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgandan keyin uni boqib olish istagida bo‘lgan juda ko‘plab odamlar murojaat qilgan. Ammo Pikasso jarrohlik operasiyasidan keyingina boqib olish uchun berilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tumshug‘i qiyshiq it ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehr-muhabbatiga sazovor bo‘ldi