Saudiya Arabistoni qiroli 459 tonna yuk, 1500 nafar mulozim bilan safarga chiqdi

  • 02 mart 2017, 13:21
  • 5 944
  • Dunyo
  • Saudiya Arabistoni qiroli 459 tonna yuk, 1500 nafar mulozim bilan safarga chiqdi

    Saudiya Arabistoni qiroli bo‘lgan Salmon ibn Abdul-Aziz al-Saud 1 martdan 9 martga qadar Indoneziya safarida bo‘ladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

    Qirol 1500 nafar mulozimni, shu jumladan 25 nafar shahzodasini, Mercedes-Benz S600 rusumli 2 ta limuzinni, 2 ta elektron lift va boshqa buyumlardan iborat 459 tonna yukni ham o‘zi bilan olib ketadi. Yuklarning 63 tonnasi Jakartaga olib kelinsa, qolgan 396 tonnasi Baliga yuboriladi.

    Indoneziyada qirolga xizmat qilish uchun 500 nafar mulozim ajratiladi. Yuklarni o‘z vaqtida etkazish uchun Saudiya Arabistoni Adji Gunavan rahbarlik qiladigan Jasa Angkasa Semesta kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Adji Gunavan maxsus yuklarni qabul qilib olish uchun 570 dan ortiq xodim ajratdi.

    Saudiya qiroli kelasi haftada Osiy mamlakatlari — Malayziya, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarga ham safar uyushtirishni rejalashtirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Saudiya Arabistoni qiroli 459 tonna yuk, 1500 nafar mulozim bilan safarga chiqdi