14:26 / 02.03.2017
6 673

Hindistonda endi Coca-cola va Pepsi ichimliklari sotilmaydi

Hindistonda endi Coca-cola va Pepsi ichimliklari sotilmaydi

1 mart kunidan boshlab Hindistonning janubida joylashgan, 72 milliondan ortiq aholiga ega Tamil-Nadu shtatidagi savdo rastalardan Coca-cola​ va Pepsi ichimliklari olib tashlandi. Bu haqda “The Indian Express”ga tayanib “Qalampir”​ xabar bergan.

Gap shundaki, Jallikattudagi Marina sohilida yig‘ilgan namoyish ishtirokchilari transmilliy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga cheklov qo‘yishni talab qilib chiqqan. Savdogarlar uyushmasi talabni ko‘rib chiqib, qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Hindistonda suv tanqisligi, aholi ekologik toza ozuqaga bo‘lgan ehtiyoji juda baland.

Xorijiy ichimliklarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qo‘yilgan talablarni buzmoqda, deb hisoblaydi uyushma. Shtatdagi 80 foizga yaqin savdo shahobchalari bunday turdagi yaxna ichimliklardan voz kechishini bildirdi. Yirik savdo markazlari hali rasmiy bayonot bermagan. ​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda endi Coca-cola va Pepsi ichimliklari sotilmaydi