22:43 / 02.03.2017
5 573

Turkiya adliya vazirining Germaniyadagi nutqi bekor qilindi

Turkiya adliya vazirining Germaniyadagi nutqi bekor qilindi

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal erida joylashgan Gaggenau shahri rahbariyati Turkiyaning adliya vaziri Bakir Bo‘zdagning 2 mart kuni kechki paytga belgilangan nutqini bekor qildi.

Avvalroq bir qator turk vazirlari, jumladan adliya va iqtisodiyot vazirlari Turkiya konstitusiyasiga tuzatmalar kiritish bo‘yicha referendum oldidan katta turk diasporasi yashovchi Germaniyaga tashrif buyurmoqchi ekanliklarini ma’lum qilishgan.

Turkiyaning oliy saylov kengashi Turkiya konstitusiyasiga o‘zgartirishlar paketi bo‘yicha referendum o‘tkaziladigan kun sifatida 16 aprelni belgilagan. Bu referendumda Turkiyaning amaldagi parlament boshqaruv shaklidan prezident boshqaruvi shakliga o‘tish bo‘yicha ovoz beriladi.

Berlin va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar 27 fevralda Istanbulda turk millatiga mansub nemis jurnalisti Deniz Yujel hibsga olingandan keyin keskinlashdi. Jurnalist turk hukumati tomondan "terrorchilik tashkilotida ishtirok etish, ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qo‘llash, terrorchilik targ‘ibotida" gumon qilinmoqda. Germaniya kansleri Angela Merkel Anqaradan jurnalistning ozod qilinishini va OAV erkinligiga amal qilishni talab qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya adliya vazirining Germaniyadagi nutqi bekor qilindi