Falastin ozodligi uchun kurashuvchi yangi tashkilot paydo bo‘ldi

  • 02 mart 2017, 22:49
  • 4 097
  • Dunyo
  • Falastin ozodligi uchun kurashuvchi yangi tashkilot paydo bo‘ldi

    Xorijdagi falastinliklar tomonidan Falastin erlarini Isroil okkupasiyasidan ozod qilishni maqsad qilgan yangi siyosiy birlashma tashkil etilgan, deb yozadi Sof.uz sayti.

    Istanbul shahrida ikki kun davom etgan Xorijdagi falastinliklar anjumani so‘ngida falastinliklar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot tuzishga erishilgan. Anjuman tashkilotchilari Falastin erlarini Isroildan ozod qilish uchun kurashda Falastin Ozodlik tashkiloti bilan birga muhim o‘rinni egallashni istashlarini bayon qilishgan.

    Tashkilotchilar yangi siyosiy birlashma 1964 yildan beri Falastin xalqi irodasini namoyish etib kelayotgan Falastin Ozodlik tashkilotining o‘rnini egallashni maqsad qilishmaganini ma’lum qilishgan. Ular Falastin mustaqilligi uchun kurashda Falastin Ozodlik tashkilotiga raqobatchi bo‘lmoqchi emas, balki unga ko‘mak berishni reja qilishgan.

    Yangi tashkilotning rasmiy nomi hozircha noma’lum. Tashkilot rahbarlari 1993 yilda Isroil va Falastin o‘rtasida imzolangan Oslo shartnomasini bekor qilish va Falastin Ozodlik tashkilotini isloh qilish taklifini ilgari surishgan. Anis al-Qosim tomonidan e’lon qilingan bayonotda Falastin Ozodlik tashkiloti rahbarlari Isroil bilan tuzilgan kelishuvlar orqali Falastin xalqining tarixiy huquqlarini poymol qilgani e’tirof qilingan.

    Bayonotda Falastinni tark etgan muhojirlar o‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytishga va Falastin davlatini barpo qilish uchun kurashishga da’vat qilingan. Anjumanda yangi tashkilotning Bosh Hay’ati ham tashkil qilingan va unga rahbar sifatida falastinlik tarixchi olim Salmon abu Sitta saylangan. Tashkilotchilar yangi tuzilma barcha falastinliklar uchun ochiqligini ma’lum qilishgan. Yangi tashkilotning bosh qarorgohi Livan poytaxti Bayrut shahrida tashkil etiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Falastin ozodligi uchun kurashuvchi yangi tashkilot paydo bo‘ldi