Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev va respublika qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Raimberdi Duyshenbaev kelgusida mamlakat armiyasi salohiyatini hamkor davlatlar ko‘magida oshirish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
"Prezident Almazbek Atambaev va Qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari Raimberdi Duyshenbaev Qirg‘iziston rmiyasi salohiyatini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi", deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Bishkekka Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurgandi. Tashrif davomida ikki davlat rahbari harbiy-texnik hamkorlik masalasini ham muhokama qilgandi. Muzokaralar yakunida Atambaev jurnalistlarga "prezidentlar armiyaning mustahkamlanishi va Rossiyadan zarur texnikalar etkazilishi" masalasi muhokama etilganini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi