Pitbul zotidagi it 9 yoshli bolani qotil onaning changalidan qutqarib qoldi

  • 04 mart 2017, 13:38
  • 8 338
  • Dunyo
  • Pitbul zotidagi it 9 yoshli bolani qotil onaning changalidan qutqarib qoldi

    Avstraliyaning Janubiy Uels shtatida pitbul zotidagi it 9 yoshli bolani dahshatli o‘limdan qutqarib qoldi. The Sun nashriga tayanib Kun.uz yozishicha, bolani uning o‘z onasi cho‘ktirib yubormoqchi bo‘lgan.

    Odamlardan ko‘ra rahmliroq chiqqan it farzandini cho‘ktirayotgan ayolga tashlanib, uni tishlay boshlagan. 27 yoshli ayol shundan keyin farzandini tinch qo‘yishga majbur bo‘lgan. Biroq keyin aniqlanishicha, berahm ona "o‘z jirkanch rejasining yarmini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan ekan": u 5 yoshli kichik farzandini cho‘ktirib yuborishga "ulgurgan".

    Huquq-tartibot idoralari ayolni hibsga olishgan, ikkinchi bolaning jasadi esa daryoda aniqlangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Pitbul zotidagi it 9 yoshli bolani qotil onaning changalidan qutqarib qoldi