16:04 / 04.03.2017
5 468

Boeing «va’da»sini buzgan Daniyani sudga berdi

Boeing «va’da»sini buzgan Daniyani sudga berdi

Amerikaning Boeing kompaniyasi Daniya mudofaa vazirligi ustidan sudga murojaat qildi. Bunga vazirlikning qirollik HHK ehtiyojlari uchun Boeing tomonidan ishlab chiqarilgan A/F-18 Super Hornet F qiruvchi samolyotlarini rad etib, Lockheed Martin ishlab chiqqan F-35A qiruvchilarini xarid qilishiga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kirituvchi hujjatlarni taqdim etmagani sabab bo‘lgan. Bu haqda korporasiya bayonotiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

"Boeing Daniya mudofaa vazirligini sudga berdi, chunki vazirlik qiruvchi samolyotlarni etkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov xulosasiga doir hujjatlar bilan tanishish bo‘yicha bergan iltimosimizga javob bermadi", - deyiladi bayonotda.

Boeing korporasiyasining katta vise-prezidenti Tom Bell Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida izoh berishicha, Daniya mustaqil davlat sifatida tanlovda taqdim etilgan uchta qiruvchi samolyotdan birini tanlashga to‘la huquqi bor edi. Biroq, Boeing mudofaa vazirligining tanlov yakuniga doir e’lon qilingan raqamlaridan norozi. Kompaniyaga ko‘ra, F/A-18 Super Hornet F qiruvchilarining yakuniy tannarxi va imkoniyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Shunga binoan, bunday ma’lumotlarning davlat idorasi tomonidan e’lon qilinishi Boeing obro‘siga jiddiy putur etkazadi.

Daniya mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, Boeing aynan qanday hujjatlarni talab qilayotganini aniq bildirmagani sababli bu kabi hujjatlar to‘plamini olmaganini aytmoqda.

Daniya hukumati 2016 yil may oyida qirollik HHK tarkibidagi F-16 qiruvchi samolyotlarini 27 dona beshinchi avlod F-35A Joint Strike Fighter qiruvchilariga almashtirishga qaror qilgan edi. Vazirlik uchun tavsiyanoma ishlab chiqqan ekspertlar F-35A asosiy ko‘rsatkichlar borasida A/F-18F hamda Eurofighter qiruvchilaridan ustun degan qarorga kelgan.

Lockheed Martin samolyotlarining umumiy qiymati va servis xizmati 56 mlrd kron (7,9 mlrd dollar)ga aylanadi. A/F-18F qiruvchilarining 27 donasi 78 mlrd kron (11,1 mlrd dollar)ga aylanishi kerak edi.

Boeing vazirlik baholari bilan umuman rozi emas. Unga ko‘ra, narxlar deyarli 2 marta qimmat ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boeing «va’da»sini buzgan Daniyani sudga berdi